Oqibatida joylarda sel kelishi holatlari ham kuzatilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, Gʻuzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar va boshqa suv oʻtkazish inshootlaridan yigʻilgan yomgʻir suvlarining toshib chiqishi bilan bogʻliq hodisalar yuzaga kelgan.

Xususan, Kitob tumani “Koʻxsor” MFY hududida adirliklarda kuchli yomgʻirlar yogʻishi tufayli toʻplangan suvlar “Jovuz” kishlogʻidan oqib oʻtuvchi sel yoʻlidan oʻz oqimi boʻylab oqib oʻtgan. Aholi va xonadonlarga ziyon yetmagan.

FVVning maʼlum qilishicha, ayni paytda ushbu tumanlarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.