Qarorga koʻra, respublikada yogʻochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish orqali yogʻoch importi hajmi kamaytiriladi.

Qarorga muvofiq, 2021–2022-yillarda respublika hududlarida:

qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar zaxiradagi yerlarda;

oʻrmon fondining jami 1 327 gektar togʻoldi va adir yerlarida yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa mebelbop daraxt turlari ekiladi.

Mazkur plantatsiyalarni tashkil etish uchun jami 2 783,6 ming dona koʻchat yetishtirish nazarda tutilgan.

2021-yil 10-martdan boshlab mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchilarga zarur koʻchat ekish materiallari shartnoma asosida yetkazib beriladi.