Unga koʻra, yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosi qoʻllanilishi belgilandi.
Maʼmuriy ogohlantirish hukuqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir.
Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllanadi.
Maʼmuriy ogohlantirish Kodeks 125-moddasining 1- va 2- qismlarida, 128 (prim 1), 128 (prim 2), 128 (prim 6), 135 (prim 1)-moddalari hamda 138-moddasi 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nsbatan qoʻllanadi.
Bunda shaxs oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganda, shuningdek Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari boʻlmaganda, maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga vakolatli organ tomonidan qoʻllaniladi.
Maʼmuriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1-yil davomida 1-martadan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas.