“Neksiya-2” rusumli avtomashina “Navoiy- Zarafshon” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib borib, yoʻlning oʻng chetidagi beton toʻsiqqa urilgan.

Natijada avtomashinaning 42 yoshli haydovchisi “bosh miya shikastlanishi, bosh miya lat yeyishi ogʻir darajasi, bosh ochiq jarohati”ni olgan.

Zarafshon shahar 3-sonli TSQda koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida vafot etgan, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.