Yoʻl qurilishidagi talon-torojlik fosh etildi

    Aybdorlar 373,5 mln soʻmlik qurilish ishlarini boshlamasdan oʻzlashtirib yuborgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tuman boʻlimi tomonidan “Toshkent viloyati mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUKning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Unda “C.S.” MCHJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi koʻchalarini joriy taʼmirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MCHJga oʻtkazib berilgan 373,5 mln soʻmni qurilish ishlarini boshlamasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.