Yaqin attrofda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimlari PPXga xabar qilgan holda voqea joyiga yetib borib fuqarolarni tinchlantirish choralarini koʻrishgan.
Shu paytda PPX xodimlarini uzoqdan kelayotganini koʻrgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi mashinasining old qismidan oʻziga tegishli boʻlgan buyumlarni olib orqa yuk xonasiga joylashtirgan holda voqea joyidan ketishga va yashirinishga uringan.
Chaqiruvga asosan yetib kelgan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda avtomashina orqa oʻrindigʻidan qora paketga oʻralgan 10 dona “Zardex” hamda 10 ta qutida “Regapen” jami 154 dona oq va qizil rangli psixotrop moddalari mavjudligi aniqlangan.
Yakkasaroy tumani IIO xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi fuqaro X.O. ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.