Bundan ko'zlangan maqsad avtomobil` transportida yo'lovchi tashish bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklarni elektron qayd etish, ortiqcha ovoragarchilikka barham berish, qog'oz sarfini kamaytirishdan iborat. 

Ahamiyatlisi, xodimlar planshetdan foydalanish, ma'muriy bayonnomani elektron tarzda tuzish bo'yicha ma'lum tayyorgarlikdan o'tdi. 

Endilikda inspektorlar huquqbuzarlikni onlayn qayd etish bilan birga, maxsus axborot tizimiga ulangan planshet orqali haydovchi (avval ham huquqbuzarlik sodir etgan yo yo'qligi), uning boshqaruvida bo'lgan transport vositasi (litsenziyalangan yo yo'qligi) haqidagi ma'lumotlardan ham foydalana oladi.