Ma'lumot sifatida davlatimiz rahbarining 2019 yil dekabrdagi tegishli hujjatlariga ko'ra, “Yo'lqurilish” aktsiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. SHunga muvofiq, joriy yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrug'iga asosan, “Yo'lqurilish” AJ tashkil etilgan. Uning yagona aktsiyadori sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilangan.

SHuningdek, yagona aktsiyadorning qarori bilan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi ham tasdiqlandi:

Bekenov Sunatulla Xusanovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;

Nazarov Shuhrat Baxtiyorovich – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo'llari qo'mitasi raisi o'rinbosari;

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari;

Abidov Akmal Djurabaevich – Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;

Arzikulov Nodir Shodievich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig'i.

Ushbu tarkibda tasdiqlangan kuzatuv kengashining birinchi majlisida a'zolarning ko'pchilik ovozi bilan kengash raisi etib, Bekenov Sunatulla Xusanovich saylandi.