Taʼkidlanishicha, bir tomchi yomg‘ir energiyasi 100 dona yorug‘lik diodli lampochkani yoqishga yetadi. Xitoylik muhandislar amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqotda energiya ishlab chiqaruvchi qurilma uchun yangi interfeysni taklif qilmoqda.

Yomg‘ir tomchilari generator plastinasi yuzasiga tushib, alyuminiyli elektrod hamda indiy va qalay oksidli elektrod orasida suv ko‘prigini hosil qiladi. Ushbu qurilmada tomchilar rezistor, qoplama esa kondensator vazifasini bajaradi.

Loyiha mualliflarining yozishicha, ularning generatorida paydo bo‘lgan oniy quvvat ilgarigi urinishlarda hosil bo‘lgan quvvatdan minglab marta yuqori bo‘lgan. Qurilmaning amalda foydalaniladigan prototipi yaqin yillarda tayyor bo‘ladi.

Kelajakda har qanday yuzaga – uy tomi, qayiq korpusi yoki soyabonga tushadigan yomg‘ir tomchilaridan energiya olish mumkin bo‘ladi. Yilning maʼlum davrida kuchli yog‘ingarchiliklar yuz beradigan hududlarda esa energiya olishning bu usuli katta foyda keltirishi mumkin.