Yongʻindan zarar koʻrgan oilalarga uy-joyini tiklash uchun yordam beriladi

    Mamlakatimizda 1 Aprel 2025 511

    Ushbu tartib shu yilning 1-aprelidan (bugundan) kuchga kiradi.

    Prezidentning “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Farmoniga koʻra, yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan oilalarga uy-joylarini tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash uchun “Saxovat va koʻmak“ jamgʻarmasi orqali BHMning 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda yordam koʻrsatiladi.

    Bunda mazkur miqdor 56 mln 250 ming soʻmni tashkil qiladi.