2021-yil 19-may kuni soat taxminan 14:40 da “O'zbekneftgaz” AJ “Farg'ona neft` bazasi” MCHJ Qo'qon filialiga qarashli Qo'qon-2 AYOQSHda davlat raqami 40 240 MAA GAZ-53 rusumli yonilg'ikash tomonidan Ai-80 avtobenzinini sig'imga quyish jarayonida yong'in sodir bo'ldi.

Ushbu yonilg'ikashdagi mavjud avtobenzin deyarli sig'imga qo'yib bo'linganda chaqnash ro'y bergan va buning natijasida GAZ-53 rusumli yonilg'ikash yonib zarar ko'rgan.

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O'zbekneftgaz” AJ xodimlari hamkorligida qisqa muddatda yong'in to'liq bartaraf etilgan.

Vaziyatni batafsil o'rganish maqsadida ishchi guruh tuzilib, yong'in sabablari o'rganilmoqda. Yong'in natijasida hech bir fuqaro va ishchi-xodimlarga hamda AYOQSHga zarar etmadi, jabrlanganlar yo'q.

 “O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati