Yopiq turdagi muassasalarda gender tengligini taʼminlash inson huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshiradi

    Toshkent shahrida “Genderga sezgir jazoni ijro etish muassasalari boshqaruvi strategiyalari: ilgʻor tajriba va asosiy muammolar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    TadbirInsonhuquqlariboʻyichaOʻzbekistonRespublikasiMilliymarkazi, YEXHTningOʻzbekistondagiLoyihalarimuvofiqlashtiruvchisivaIchkiishlarvazirligihuzuridagiJazoniijroetishdepartamentibilanhamkorlikda 2023-2024-yillardaYEXHTloyihalariniOʻzbekistonRespublikasidaamalgaoshirishboʻyichatasdiqlangan “Yoʻlxaritasi” doirasidatashkiletildi.

    Tadbirda asosiy eʼtibor yopiq turdagi muassasalar boshqaruvida gender tenglikni taʼminlash, xalqaro tajriba va ilgʻor yondashuvlardan foydalanish orqali inson huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, Norvegiya va Oʻzbekiston oʻrtasida yopiq muassasalar boshqaruvi istiqbollarini muhokama qilish va sohadagi mavjud muammolar yuzasidan muloqotni mustahkamlash alohida diqqat markazida turdi.

    Tadbirning ochilishida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YEXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Zilke Klyover va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori Burxonxoʻja Akromov soʻzga chiqdi.

    A.Saidov soʻnggi vaqtlarda mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kengaytirish orqali ularni sodir etgan jinoyatdan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi va jamiyatning munosib vakili sifatida shakllantirishga erishilayotganini taʼkidladi. Mahkumlarga saylash, pensiya taʼminoti va ijtimoiy sugʻurta olish, kasb egallash, taʼlim olish va sifatli tibbiy yordamdan foydalanish kabi huquqlar berilganiga eʼtibor qaratdi.

    Mahkumlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga oid soʻnggi islohotlar haqida soʻz borganda, zamon talablariga javob bermaydigan 4 ta koloniya, jumladan, aholi orasida salbiy nom topgan “Toshturma” va “Jasliq” koloniyalarining tugatilganini qayd etish lozim. Shu bilan birga, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar qoʻllanilgan shaxslarni sogʻlom ijtimoiy hayotga yoʻnaltirish maqsadida 2019-yil 1-yanvardan boshlab probatsiya faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

    Bugungi kunda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar orasida eng past darajada boʻlib, inson huquqlari va qonun ustuvorligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasidir.

    Oʻz navbatida, Z.Klyover Oʻzbekistonda inson huquqlari himoyasi va gender tenglikni taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. U mahkumlarning huquqlari va insonparvar munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni ham mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuningdek, u ayni yoʻnalishdagi islohotlar YEXHT tomonidan doimo qoʻllab-quvvatlanishi va sohaga ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etishning muhimligiga eʼtibor qaratdi.

    B.Akromov mahkumlarni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi amaliy choralar haqida maʼlumot berib, tergov hibsxonalari va yopiq turdagi koloniyalarda advokatlar uchun alohida 69 ta xona tashkil etilganini bildirdi. Ombudsman va Biznes-ombudsman bunday muassasalarga hech qanday toʻsiqsiz kirish imkoniyatiga ega boʻlgani qayd etildi.

    Tadbir davomida sohadagi xorijiy tajriba ham muhokama qilindi. Bredtveyt qamoqxonasi va tergov hibsxonasining boshligʻi Doris Bakken ayollar qamoqxonalarini boshqarish boʻyicha Norvegiya tajribasini taqdim etdi.

    D.Bakken ayollar uchun genderga sezgir xizmatlar, tayyorgarlik dasturlari va sogʻliqni saqlash xizmatlari kabi elementlar qanday qilib ayollarni qamoqdan soʻng ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli qaytarishga yordam berishini tushuntirdi. Norvegiyadagi ayollar qamoqxonasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, oʻqitish va maslahat berish jarayonlarining ahamiyati va samaradorligi haqida atroflicha soʻz yuritdi.

    Bundan tashqari davra suhbatida jazoni ijro etish koloniyasi boshligʻi Gulrux Karimova Oʻzbekistondagi ayollar qamoqxonalarini boshqarish siyosati, amaliyoti va muammolariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazdi. U ayollar qamoqxonalarida yaratilgan taʼlim olish, kasb egallash va psixologik yordam olish imkoniyatlari hamda reabilitatsiya dasturlari haqida soʻzlab, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham batafsil toʻxtaldi.

    Muhokamalarda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori oʻrinbosari Dilnoza Muratova, Xalqaro jazoni ijro etish jamgʻarmasi vakili, qamoqxonalarni isloh qilish va inson huquqlari boʻyicha xalqaro maslahatchi Azamat Shambilov kabi ekspertlar qatnashdi.

    Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati.