Yoqilgʻi-energetika sohasida raqamli nazorat joriy etiladi

    Energetika 29 May 2023 1834

    2023-yil 24-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-sonli Farmoni qabul qilindi.

    Hujjat bilan quyidagilar yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

    yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish;

    yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va isteʼmol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga “raqamli energonazorat” tizimini toʻliq joriy etish;

    qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash;

    yoqilgʻi-energiya resurslarining sarflanishini, sifatini doimiy oʻrganib borish, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish.

    Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab aholi tomonidan Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

    Quyidagilar tasdiqlandi:

    Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi tarkibi;

    Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy (tuman (shahar) shtablarning namunaviy tarkibi;

    Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”.

    HujjatQonunhujjatlarimaʼlumotlarimilliybazasidaeʼlonqilinganva 2023-yil 26-maydankuchgakirdi, debxabarberadi “Norma”.