Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Karmana, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi, Nurota tumanlaridagi bo‘limlari 125 892 ming gektardan ortiq ekin maydonlariga suv yetkazib beradi.
Keyingi yillarda ishchi-xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish, ularni qo‘shimcha rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor berilyapti. Boshqarma tasarrufidagi suv xo‘jaligi ob’ektlari atrofida bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish va shu orqali ishchi-xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish, ularni qo‘shimcha rag‘batlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu yil ham «Ko‘ksaroy» suv ombori 4 gektar maydoniga poliz ekinlari, jumladan, ertapishar qovun, tarvuz va boshqa ozuqabop ekinlar ekildi.
Bundan tashqari, boshqarma tasarrufidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hisobida bo‘lgan Navoiy Nasos stansiyasi yordamchi xo‘jaliklarida 600 bosh mayda shoxli va 18 bosh yirik shoxli qoramol hamda 1 500 ta parranda boqilyapti, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.