Hozirgina yakuniga yetgan para yengil atletika boʻyicha F57 klassining nayza uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Yorqinbek Odilov oltin medalga sazovor boʻldi.

Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarini toʻrtinchi oʻrinda yakunlagan chempionimiz bugungi musobaqada 50.32 metr natija koʻrsatishga erishdi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.