Beket Mahmudov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan musobaqada yoshlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, yosh polvonlarimiz turnirda 8 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, jami 21 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni band egalladi. Qozogʻiston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan ikkinchi pogʻonadan joy olgan boʻlsa, kuchli uchlikka 1 tadan oltin va bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi yakun yasab berdi.
Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan yosh dzyudochilarimiz:YigitlarOltin medal sohiblari:-60 kg: Bahrom Boturov-73 kg: Hojiakbar Toshev-81 kg: Shahzodxoʻja Sharipov-90 kg: Toʻlqinbek Turdiyev-100 kg: Muhammadqodir Mansurov+100 kg: Islombek RavshanqulovKumush:-60 kg: Zamohshari Bekmurodov-66 kg: Azizbek OrtiqovBronza:-66 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov-73 kg: Elbek Tojiyev-81 kg: Nurbek Murtazoyev-90 kg: Jahongir Mamatrahimov-100 kg: Asror Nortojiyev+100 kg: Qahramon RahmonovQizlarOltin:-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva-78 kg: Shirinjon YoʻldoshevaKumush:-70 kg: Shahlo Egamberganova+78 kg: Fotima KuramboyevaBronza:-48 kg: Maksuda Bekchonova-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova+78 kg: Xosiyat MasharipovaEslatib oʻtamiz, musobaqada doirasida oʻsmirlar terma jamoamiz ham 11 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza, jami 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishgan edi.