Shu kabi qiyin ahvolda qolgan asli fargʻonalik B.N. Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga murojaat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, B.N. oilasi bilan 2019-yilning noyabr oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga ketgan. Yosh ayol farzandi bilan turar-joy va mablagʻsiz qolib ketganligini maʼlum qilib, Oʻzbekistonga qaytishda amaliy yordam soʻraydi.

B.N. va uning farzandi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vatanga qaytarildi.