Kelajagi porlq yoshlarning  o'z iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Iste'dod  egalariga ixtisoslashgan maktablar bunyod  etish esa bu boradagi ishlarning ajralmas qismidir. “Nurafshon business city”da Badiiy akademiyaning maktab-internati quriladi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 21 aprelda qabul qilgan “Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida ixtisoslashtirilgan san'at  maktab-internatini tashkil etish vazifasi  belgilangan.  

 SHu yil 26 oktyabrda Toshkent viloyati hokimining “Nurafshon business city” hududidan Badiiy akademiya tizimida maktab-internati qurilishi uchun er maydoni ajratish to'g'risidagi qarori qabul qilindi.  

Ushbu qarorda Nurafshon shahar bosh rejasiga muvofiq “Nurafshon business city” hududidan Badiiy akademiya tizimida maktab-internati qurilishi uchun 1,1 gektar er uchastkasi O'zbekiston Badiiy akademiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilishi qayd etilgan.  

Gulichehra DURDIEVA,

"YAngi O'zbekiston" muxbiri