Kelajagi porlq yoshlarning o'z iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Iste'dod egalariga ixtisoslashgan maktablar bunyod etish esa bu boradagi ishlarning ajralmas qismidir. “Nurafshon business city”da Badiiy akademiyaning maktab-internati quriladi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 21 aprelda qabul qilgan “Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatini tashkil etish vazifasi belgilangan.
SHu yil 26 oktyabrda Toshkent viloyati hokimining “Nurafshon business city” hududidan Badiiy akademiya tizimida maktab-internati qurilishi uchun er maydoni ajratish to'g'risidagi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda Nurafshon shahar bosh rejasiga muvofiq “Nurafshon business city” hududidan Badiiy akademiya tizimida maktab-internati qurilishi uchun 1,1 gektar er uchastkasi O'zbekiston Badiiy akademiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilishi qayd etilgan.
Gulichehra DURDIEVA,
"YAngi O'zbekiston" muxbiri