Qatarda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Oʻzbekiston terma jamoasi uchun sermahsul oʻtmoqda. Ortda qolgan ikki kun davomida sportchilarimiz 10 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Batafsil:

Oltin medal:

-73 kg: Abdulaziz Alimjonov (yoshlar, siltab koʻtarish)

-73 kg: Abdulaziz Alimjonov (yoshlar, ikki kurash)

-81 kg: Hasanboy Bardiyev (yoshlar, dast koʻtarish)

-81 kg: Hasanboy Bardiyev (yoshlar, ikki kurash)

-81 kg: Nigora Suvonova (yoshlar, dast koʻtarish)

-81 kg: Nigora Suvonova (yoshlar, siltab koʻtarish)

-81 kg: Nigora Suvonova (yoshlar, ikki kurash)

-89 kg: Bekzod Gʻofurjonov (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

-89 kg: Bekzod Gʻofurjonov (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)

-89 kg: Bekzod Gʻofurjonov (oʻsmirlar, ikki kurash)

Kumush medal:

-64 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, dast koʻtarish)

-67 kg: Diyorbek Roʻzmetov (yoshlar, dast koʻtarish)

-67 kg: Diyorbek Roʻzmetov (yoshlar, siltab koʻtarish)

-67 kg: Diyorbek Roʻzmetov (yoshlar, ikki kurash)

-73 kg: Boburmirzo Yoqubov (oʻsmirlar, ikki kurash)

-73 kg: Behruzbek Ganjaboyev (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

-73 kg: Abdulaziz Alimjonov (yoshlar, dast koʻtarish)

-76 kg: Gulshoda Dadamirzayeva (yoshlar, dast koʻtarish)

-81 kg: Hasanboy Bardiyev (yoshlar, siltab koʻtarish)

-89 kg: Nodirbek Joʻrayev (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

-89 kg: Nodirbek Joʻrayev (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)

-89 kg: Nodirbek Joʻrayev (oʻsmirlar, ikki kurash)

Bronza medal:

-64 kg: Zulfiya Ramazonova (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

-73 kg: Boburmirzo Yoqubov (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

-73 kg: Boburmirzo Yoqubov (yoshlar, dast koʻtarish)

-76 kg: Gulshoda Dadamirzayeva (yoshlar, siltab koʻtarish)

-76 kg: Gulshoda Dadamirzayeva (yoshlar, ikki kurash)

Musobaqa davom etmoqda.