Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish borasidagi kelishuvga muvofiq, Qozogʻistonning Karaganda davlat texnika universiteti doktorantlari Toshkent davlat transport universiteti ilmiy laboratoriyalarida tadqiqot ishlarini oʻtkazishdi. Stajirovka ilmiy tadqiqot shaklida tashkil etildi.
Qoʻshni davlat yosh olimlari Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktorantlar va oʻqituvchilari bilan ilmiy izlanishlar olib bordi. Yosh mutaxassislarning bu galgi ilmiy muloqotlari xalqaro transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini taʼminlash, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishga qaratildi. Yosh olimlarning loyihalari natijalarini tijoratlashtirish darajasi tahlil qilindi. Hamkorlikdagi ilmiy izlanish natijalari boʻyicha davriy jurnallarga ilmiy maqolalar joʻnatildi.
Qozogʻistonlik doktorantlarga samarali ilmiy hamkorlik uchun malaka sertifikatlari topshirildi.