Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toʻgʻri, ushbu mavzuda avval ham tadqiqotlar oʻtkazilgan va yosh oʻtgan sayin koʻrish qobiliyati yomonlashishi (presbiopiya)ga turli koʻz kasalliklari sabab boʻladi, degan xulosaga kelingan.
Bu galgi izlanishlar davomida katta yoshda koʻz ravshanligi pasayishining hujayraviy mexanizmi tasvirlab berildi va mazkur jarayonni toʻxtatish imkonini beruvchi usul taklif qilindi.
Hozirgacha bu muammoga qarshi turli davolash texnologiyalari (koʻzlarga yorugʻlik toʻlqinlari, elektromagnit nurlanish yoki ultratovush orqali taʼsir oʻtkazish), tungi linzalar, dori-darmonlar, shuningdek, lazer korreksiyasi hamda mikrojarrohlik yoʻlidan foydalaniladi.
Biroq bu muolaja turlarining samaradorligi cheklangan, maʼlum asoratlar kelib chiqish xavfi ham mavjud.
Yangi tadqiqotda olimlar presbiopiyani inson ildiz hujayralaridan foydalangan holda modellashtirdi.
Aniqlanishicha, yosh oʻtgan sayin koʻrish qobiliyati pasayishi jarayonida organizmda metalloproteinaz 3 (TIMP3) deb ataluvchi oqsil ishlab chiqariladi.
Ushbu modda koʻz salomatligi uchun zarur boʻlgan fermentlar faollashuvini pasaytirib, yalligʻlanishni keltirib chiqaruvchi boshqa fermentlar miqdorini oshiradi.
Tadqiqotchilar yalligʻlanishga sabab boʻluvchi ana shu fermentlar faolligini bloklash usulini sinovdan oʻtkazdi. Ularning xulosasiga koʻra, bunday yondashuv presbiopiyani toʻxtatish va samarali davolash imkonini beradi.