Kinematografiya agentligi “Yoshlik kinostudiyasi” tomonidan Oʻzbekiston xalq artisti Xayrulla Saʼdiyev badiiy rahbarligida “Zumrasha” yosh ssenaristlar jamoasi tashkil etiladi.

Unda agentlik buyurtmasi asosida suratga olinadigan bolalar uchun moʻljallangan “Zumrasha” hajviy kinojurnali uchun yangi va original ssenariylar yoziladi, yangi uslubdagi gʻoyalar ishlanadi, yosh va iqtidorli ssenaristlar kashf qilinadi, deya xabar beradi agentlik axborot xizmati.