“Yosh vatanparvar” koʻkrak nishoni taʼsis etilishi mumkin

    Mamlakatimizda 25 Dekabr 2023 683

    Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga koʻra, “Yosh vatanparvar” koʻkrak nishoni taʼsis etish rejalashtirilmoqda.

    Belgilanishicha, koʻkrak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30-iyun – “Yoshlar kuni”da gʻoliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

    Koʻkrak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa gʻolibi boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinfida taʼlim olayotgan oʻquvchi oʻgʻil bolalar mukofotlanadi.

    Qayd etilishicha, koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

    - harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;

    - Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida qoʻshimcha ravishda 3 ball koʻrinishida.