NKMK yoshlar yetakchilari Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur aksiyani o‘tkazishdan maqsad “Yashil yillik” umummilliy tadbirida faol ishtirok eting!” shiori ostida Mo‘ynoq tumanidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Orol dengizinig qurigan qismida 30 mingta saksovul ko‘chatlarini o‘tqazish orqali “yashil qoplamalar”ni barpo etishdan iborat.
Navoiy viloyati axborot xizmati xabariga ko‘ra, aksiya doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Mo‘ynoq shahridagi umumtaʼlim maktablarga 5 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoni”da bo‘lishdi.
Maʼlumot uchun: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalarning o‘ntaligiga kiradi.
Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan sanoat klasteridir.
“NKMK” AJ O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanib, uning ishlab chiqarish bo‘linmalari respublikamizning 7 ta hududida joylashgan.
2021-yilda kombinat jahondagi oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingida 5-o‘rinni egalladi.
O‘tgan yilda kombinatning respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 13 foizdan ortiqni tashkil etib, davlat budjetiga jami tushumlarining ulushi esa 20 foizga yaqin bo‘ldi.
Bugungi kunda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida 46 ming nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilishadi. Shundan 13 ming nafardan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.