Qayd etilishicha, ortda qolgan yunon-rum va qizlar kurashi boʻyicha bir qator vazn toifalarida gʻoliblar aniqlandi. Unda hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.

Oltin medal:

  • -71 kg: Behruzbek Valiyev
  • -80 kg: Abdulaziz Xolmirzayev
  • -40 kg: Shohista Shonazarova

Kumush medal:

  • -46 kg: Mashhura Abdumusayeva

Bronza medal:

  • -65 kg: Husan Gʻiyosiddinov

Ahamiyatlisi, musobaqada 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻargan “klassik“ kurashchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.