Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi

    Sport 11 Iyul 2025 1131

    Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

    Qayd etilishicha, unda yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

    Oltin medal:

    • -72 kg: Ahmad Qodirov

    Kumush medal:

    • -67 kg: Fayozbek Eshmirzayev
    • -82 kg: Azimjon Soatullayev

    Bronza medal:

    • -60 kg: Xurshidbek Normuhammedov

    Shu tariqa, musobaqada jami 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻargan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida Eron va Qirgʻiz Respublikasidan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.