Tadqiqot davomida mutaxassislar organizmdagi eng keng tarqalgan oqsillardan biri – hujayralar orasida joylashgan va xolesterinning ham tarkibiy qismi bo'lgan vitronektinni o'rganishdi.

Bundan tashqari, u qarish natijasida kelib chiqadigan ko'plab kasalliklarda muhim rol o'ynaydi. Tadqiqotchilar mazkur oqsil inson organizmidagi jarayonlarda, turli harorat va turli bosim ta'sirida o'z tuzilishini qanday o'zgartirishi bilan qiziqdi.

Ma'lum bo'lishicha, oqsil bosim ostida biroz deformatsiyalanishi mumkin. Bu qondagi kalsiy ionlari bilan osonroq o'zaro ta'sirga kirishishiga imkon beradi va sariq dog' degeneratsiyasi va boshqa yoshga bog'liq kasalliklar ta'sirida yig'iladigan kalsiylangan qoplamlar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

Olimlarning fikricha, ularning kashfiyoti kalsiyning oqsil bilan o'zaro ta'siriga javob beradigan antitanachalarni nazorat qilish orqali ko'z kasalliklarini davolashning yangi usullarini ishlab chiqishni osonlashtiradi, deyiladi lenta.ru saytida.