Festival doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasining yoshlar bilan ishlash bo'limi hamda ma'naviyat-ma'rifat targ'ibotchilaridan iborat yoshlar klubi tomonidan  tayyorlangan musiqiy va badiiy  chiqishlar talaba yoshlarda  katta  taassurot  qoldirdi. Festival  minglab yoshlarimizni bir oliy maqsad yo'lida  birlashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Festival doirasida bo'lib o'tadigan “ Yoshlar — Uchinchi Renessans drayverlari”  mavzusidagi talabalar anjumani bugungi  davr mohiyatini ochib beradi. Yoshlarni  kelajak dasturlarimizga nisbatan teran fikrlab, yangi innovatsion g'oyalarni harakatga keltirishiga  turtki bo'ladi.

Gulchehra  Mirzaeva

Toshkent tibbiyot akademiyasi Matbuot  kotibi