Festival doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasining yoshlar bilan ishlash bo'limi hamda ma'naviyat-ma'rifat targ'ibotchilaridan iborat yoshlar klubi tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy chiqishlar talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Festival minglab yoshlarimizni bir oliy maqsad yo'lida birlashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Festival doirasida bo'lib o'tadigan “ Yoshlar — Uchinchi Renessans drayverlari” mavzusidagi talabalar anjumani bugungi davr mohiyatini ochib beradi. Yoshlarni kelajak dasturlarimizga nisbatan teran fikrlab, yangi innovatsion g'oyalarni harakatga keltirishiga turtki bo'ladi.
Gulchehra Mirzaeva
Toshkent tibbiyot akademiyasi Matbuot kotibi