баннер
8 Mar 2025
03:53

    Yoshlar — Oʻzbekistonning ishonchi va tayanchi

    Mamlakatimizda  yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.  Ayniqsa, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash,  ularni ijtimoiy himoyalash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar ko'lami kundan kunga kengayib bormoqda.

    Rishton tumanidagi 2-kasb-hunar maktabida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston yoshlar forumi-2021" minglab yoshlarni yagona maqsad sari birlashtirdi.

    Forumda beshta muhim tashabbus doirasida koʻrgazmalar, yangi loyihalar va yoshlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy texnikalar va qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

    Tumandagi bir guruh faol yoshlar va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlgan uyushmagan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Shundan soʻng madaniy-maʼrifiy tadbir konsert dasturiga ulanib ketdi. Forumda taniqli qoʻshiqchilar hamda tuman madaniyat boʻlimi xonandalari ijro etgan kuy-qoʻshiq va raqslar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

    Yoshlar forumi doirasida sport musobaqalari, yosh dizaynerlar oʻrtasida liboslar koʻrgazmasi, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilib, unda tumandagi barcha oʻquvchilar, talabalar, uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

    Suratlar muallifi Gʻ.Lutfullayev

    Telegram kanalimiz
    Text to speech