Qishloq xoʻjaligida yoshlar bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarni yaratish maqsadida “Qishloq xoʻjaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovi tashkil etildi. Tanlov yakunlari boʻyicha oʻz innovatsion loyihasiga ega boʻlgan 50 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi va loyihalarni joriy etish uchun 470 million soʻm mablagʻ ajratildi.
“Har bir yoshga 1 gektar” loyihasi doirasida Chust tumanidagi yer maydoni ajratilgan yoshlarga Yoshlar akademiyasi orqali 10 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratildi va 200 nafar yoshlar ish bilan taʼminlanadi.
Yoshlarning startap loyihalarini moliyalashtirish uchun bugunga qadar umumiy qiymati 36.2 milliard soʻm boʻlgan 58 ta startap loyihalari moliyalashtirildi hamda 557 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
“Yashnabod” innovatsion texnoparkida hozirda 37 ta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Texnopark rezidentlari tomonidan 370 ta yangi ish oʻrni yaratilgan boʻlib, hozirda yaratilgan ish oʻrinlarida 176 nafar yoshlar faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, respublikamizning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etilmoqda. Ohangaron shahrida Yoshlar texnoparki faoliyati yoʻlga qoʻyilib 10 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi. 2021-yil yakuniga qadar Andijon, Samarqand va Navoiy viloyatlari hamda Nukus, Guliston shaharlarida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi va yangi 50 ta ish oʻrni yaratiladi.
Oʻz navbatida vazirlik tomonidan yoshlar boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida ham qator ishlar bajarilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi ishga tushirildi. Markazda yuqori texnika va texnologiyalar asosida har yili 1500 ta yoshlarga kasanachilik, yengil sanoat, oʻymakorlik, sartaroshlik, payvandchilik, robototexnika va pazandachilik yoʻnalishlari boʻyicha yoshlarga mahorat darslar oʻtiladi.
Yoshlar akademiyasiga 1950 nafar innovatsion loyihalar va gʻoyalarga ega iqtidorli yoshlar jalb qilindi. Ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yoshlar akademiyasi jamgʻarmasiga 2021-yil aprel oyi holatiga 7,9 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Respublikamizning chekka hududlarida yoshlarga zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim berishga moʻljallangan “TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasi joriy etildi.
Iqtidorli yoshlarni innovatsion sohadagi bilimlarni oshirish va tijoratlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish qaratilgan “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Marafonda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalar soni 530 tani tashkil etib shulardan 50 nafar ishtirokchi saralab olindi va eng istiqbolli deb topilgan 30 ta loyiha 570 mln soʻmga moliyalashtirildi.
15 yoshgacha boʻlgan bolalarda ilm-fan va innovatsiyalar madaniyatini singdirish hamda matematika-moyemotexnika, shuningdek aniq va tabiiy fanlar boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida “Science for kids” platformasi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar 16 ta tadbir tashkil etildi hamda 18 000 ga yaqin bolalarni qamrab olgan.
Innovatsion rivojlanish tomonidan ilm-fanni milliy qadriyat sifatida shakllantirish, yosh avlodning taʼlimga boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida umumiy sovrin jamgʻarmasi 220 million soʻm “Yoshlar ilm-fan uchun” kreativ videoroliklar tanlovi tashkil etildi.
“Innovatsion gʻoyalar haftaligi – InnoWeek.uz-2020” doirasida Oʻzbekistonda ilk bor “World youth innovation forum – 2020” xalqaro yoshlar innovatsion forumi oʻtkazildi. Forumning uch kunlik sarhisobi boʻyicha 3-5-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan sessiyalarda umumiy hisobda 14700 ga yaqin yoshlar onlayn (www.wif.im rasmiy sayti – 12165 ta, “YouTube Stream” – 2299 ta,) tarzda dunyoning turli mamlakatlaridan qatnashishdi.
Yosh olimlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq umumiy qiymati 30 milliard soʻm boʻlgan 10 fan yoʻnalish boʻyicha yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari amalga oshirilmoqda.
“Scopus” xalqaro ilmiy nashrlar maʼlumotlar bazasida eng yuqori Xirsh indeksiga ega 40 yoshgacha boʻlgan olimlarga Yoshlar akademiyasi tomonidan 400 million soʻm miqdorida mukofot pullari berildi.
Yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 200 nafar yoshlarga bepul ingliz tili oʻrgatishga moʻljallangan “English for science” loyihasi amalga oshirilmoqda.