Sportning “Kikboksing” turi boʻyicha ikki karra jahon chempioni, yurtdoshimiz Gagik Sayadyanning 100 dan ortiq yoshlarni oʻziga ergashtira olganligi va majmuada yoshlarning mashq qilishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilganligi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan yuqori baholanib, sport seksiya rahbari va sportga ishtiyoqi baland yoshlar turli qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida Milliy gvardiya qoʻmondoni va yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ochiq muloqot mobaynida Milliy gvardiya tizimida xizmat qilish istagini bildirgan besh nafar yoshlarni nomzodlikka oʻrganish boʻyicha masʼul xodimlarga topshiriq berildi.
