Dala oʻquv maydonining turli oʻquv nuqtalarida okrug qoʻmondonligi, malakali ofitser va serjantlar rahbarligida yuqori sinf oʻquvchilarining jangovar qurollar bilan muomala qilishini, ulardan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etildi.
Birinchi marotaba quroldan amaliy oʻq otish mashqlarini bajargan yoshlar 100 metr uzoqlikda turgan nishonlarga qarata 3 donadan oʻq uzib, chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniga ega boʻldi.