«Yoshlar forumi va davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 41 trln soʻmga yaqin mablagʻ zarur boʻladi. Shundan bevosita davlat byudjetidan 20 trln soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.

Har bir chorak uchun mablagʻlar taqsimlanadi va chorakma-chorak ushbu mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, maqsadli ishlatilishi nazorat qilinadi.

2021-yilda Moliya vazirligiga davlat byudjeti umumtaqchilligini 5,4 foizdan oshirmaslik vazifasi yuklangan. Bu boʻyicha barcha imkoniyatlarimiz mavjud.

Joriy yilda tuman byudjetlarining 5% (1,2 trln soʻm) qismini ekspriment tariqasida jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarga yoʻnaltirish belgilangan».