Yoshlar, jurnalist va blogerlar saylov uchastkalari bilan tanishdi

    Saylov 25 Sentabr 2021 1120

    Bugun Surxondaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi hamkorligida navbatdagi brifing va press-tur tashkil etildi.

    Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar hamda iqtidorli yoshlardan iborat “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari ishtirok etdi.

    Dastlab 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi binosida oʻtkazilgan brifingda okrug saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Chori Qurbonov viloyatdagi saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.

    Termiz shahridagi 244- va 269-saylov uchastkalariga uyushtirilgan press-turda ishtirokchilar saylovchilarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi, deb xabar beradi AOKA Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi.