Ko'pgina mamlakatlarda yoshlar o'rtasida saraton kasalligining ko'payishini bir qator omillar bilan bog'lash mumkin: ovqatlanish, turmush tarzi va uyqu rejimining o'zgarishi, semirib ketish, antibiotiklardan foydalanish va havoning ifloslanishi.

Olimlar 17 xil ma'lumotlar bazasida jami 562 145 nafar yoshning tibbiy ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Umuman olganda, 50 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida saraton kasalligi shunchalik ko'payganki, 2010-yilga nisbatan 2019-yilda har 100 ming aholi orasida qo'shimcha 3 ta holat aniqlangan.

30 yoshdan 39 yoshgacha bo'lgan odamlarda oshqozon-ichak saratoni eng ko'p uchrashi ma'lum bo'ldi. Keksalarda bu saraton kasalligi barqaror bo'lib qolgan yoki kamaygan.

Olimlar bu tendensiya nima bilan bog'liqligini bilishmayapti, shuning uchun ular yana bir qator tadqiqotlar o'tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi mail.ru.