Musobaqa 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan erkaklar (oʻgʻil bolalar) va 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollar (qizlar) oʻrtasida alohida guruhlarga boʻlingan holda olib borildi.

Ushbu turnir Prezidentimizning yoshlar ijodiy salohiyatini kashf etish zaruriyatiga qaratilgan tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazildi. Buni amalga oshirishning eng yaxshi usullaridan biri – shaxmat oʻyinini yoshlar orasida ommalashtirish va yangi shaxmatchilarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Turnir boshlanishidan oldin qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtib, raqiblar va birinchi partiyadagi shaxmatlar rangi aniqlandi. Musobaqaning bosh hakami – Sirojiddin Zayniddinov – zaif eshituvchilar orasida ikki karra jahon chempionidir. Turnir olimpiya tizimiga asoslangan holda oʻtkazilib, unda yutqazgan odam oʻyindan chiqadi. Agar kuchlar teng kelsa, qayta oʻyin oʻtkaziladi. Har bir oʻyinchi uchun bitta partiyada 10 daqiqa va har bir yurish uchun uch soniyadan vaqt beriladi.

Yigitlar orasida Sardor Mamarajabov gʻalaba qozongan boʻlsa, qizlar orasida Iltifot Abdumajidova gʻolib boʻldi.

Barcha ishtirokchilar ragʻbatlantiruvchi sovgʻalarga, gʻoliblar esa – televizorlarga ega boʻldi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.