2025-yil Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Osiyo yoshlar oʻyinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi oʻzgardi.
Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi Instagram sahifasida eʼlon qildi.
«Osiyo Olimpiya kengashi Oʻzbekiston mezbonligida Toshkentda oʻtkazilishi kerak boʻlgan Yoshlar oʻrtasidagi 3-Osiyo oʻyinlari 2025-yilda Bahraynda oʻtkazilishini maʼlum qiladi. Bugun, 2-dekabr kuni oʻtkazilgan tashkilot ijroi qoʻmitasi yigʻilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi«, — deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.
Ijroiya kengashi oʻz qaroriga izoh bermagan.