Kecha Boʻstonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Markaz tomonidan sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Soʻngra Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Zilola Joʻrayevaning “Afv” filmi taqdim etildi.

Maʼlumot uchun, Navroʻz arafasi taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon viloyatlar boʻylab ijodiy safarga chiqishi belgilangan. Shuningdek, xalqimiz uchun milliy filmlar namoyishi ham koʻzda tutilgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati