Unga ko'ra, “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo'yicha, 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to'lmagan) quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

▫️ Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning a'zolari;
▫️ oilasining oylik daromadi oila a'zolarining har biriga minimal iste'mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko'p bo'lmagan.

Ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga kirish va ijtimoiy yordamlardan birini ko'rsatishni so'rab davlat xizmatlari markazi, YAIDXP (my.gov.uz) yoxud Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

“Yoshlar daftari” jamg'armasidan ko'rsatiladigan yordamlar individual rejaga muvofiq ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etiladi.

Ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishi Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda monitoring qilinadi.

Monitoring jarayonida ijtimoiy shartnomada belgilangan har bir shartning bajarilishi har oyda 100 balli tizimda baholanadi.

Barcha shartlar bo'yicha yig'ilgan ballarining umumiy yig'indisini shartlarning soniga bo'lgan holda o'rtacha ko'rsatkich aniqlanadi.

Kamida 6 oy davomida muntazam ijtimoiy shartnoma shartlarini “a'lo” darajada bajargan, o'rtacha oylik ko'rsatkichlari eng yuqori bo'lgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr` oyida BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.