Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreyada oʻtkazilgan xalqaro turnirdan qaytgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi.
10-12-may kunlari Seul shahrida yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan CSIJ-B xalqaro turnirida 12 davlatdan 44 chavandoz Korea Racing Authority (KRA) kubogi uchun bahs olib borishdi.
Musobaqada Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etishdi.
Turnirning konkurchilar ishtirokidagi birinchi kungi bellashuvlarida oʻzbekistonlik chavandoz Firdavsbek Davronbekov King Class otida estafeta yoʻnalishida gʻalaba qozondi.
Ikkinchi oʻrinni tayvanlik chavandozlar Pen-Chen Chen va Amber erishdi.
Uchinchi oʻrinni BAAlik sportchi Mabxout Alkabri va Xanva Loukaland qoʻlga kiritdi. 100 metr masofaga ot choptirish boʻyicha BAA vakili Mabxout Alkabri va Xanva Lukaland gʻalaba qozondi.