Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, musobaqaning soʻnggi ikki kuni yoshlar jami 14 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun tatamiga chiqdi. Soʻnggi kun bellashuvlari ogʻir vazn toifalarida oʻtkazildi va unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.

 

Qitʼa chempionati yakunida esa Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi oʻzbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 15 davlat orasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Janubiy Koreya terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan bu borada birinchi boʻlishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Qozogʻiston terma jamoasi yakun yasab berdi.

Shohsupaga koʻtarilgan yoshlarimiz:

Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-57 kg: Shukurjon Aminova
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Kumush medal:
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev

Bronza medal:
-52 kg: Umida Jumaniyozova
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: Shahlo Egamberganova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Mohinur Parmonova
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov

Avval xabar berganimizdek, oʻsmirlar terma jamoamiz musobaqani umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashgan edi.