Ushbu musobaqada Rossiya, Afgʻoniston, Moldova, Polsha, Belarus va Ukraina terma jamoalari qatorida Oʻzbekiston terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etishdi. Musobaqa yakuniga koʻra, 6 nafar bokschimiz shohsupaga koʻtarildi. Eʼtiborlisi, shulardan teng yarmi oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Bugun turnirda qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari tomonidan kutib olindi.
Komsomolsk shahrida oʻtgan xalqaro turnirda sovrindor boʻlgan bokschilarimiz bilan tanishing:
Oltin:
-52 kg: Mirkomil Saidoxunov
-91 kg: Nusratjon Tohirov
+91 kg: Ali Nuranov
Kumush:
-64 kg: Bekzod Bekmurodov
Bronza:
-69 kg: Samandar Solijonov
-81 kg: Sardor Rahmonberdiyev