Rauf Inileev murabbiylik qilayotgan  futbolchilarimiz dastlabki bahsda mezbon Belarus` yoshlar jamoasiga (U17) qarshi maydonga tushdi.

Afsuski, yoshlarimiz birinchi o'yinni mag'lubiyat bilan boshladi. Hisobni 25 daqiqada mezbonlar o'yinchisi Timofef Martinov ochgan bo'lsa, 28 daqiqada Matvey Mixarin ikkinchi golni kiritdi. Oradan olti daqiqa o'tgach Vadim Kiselev hisobni 3:0 ga etkazdi.

68 daqiqada esa, Danila CHul mehmonlar darvozasini yana bir bor ishg'ol qildi. Faqat 72 daqiqaga kelib Murodjon Komilov hisobni qisqartirishga erishdi. Oradan 4 daqiqa o'tgach Saidumarxon Saidnurullaev hisobni 2:4 ko'rinishiga olib keldi.