Yoshlarning qishloq xoʻjaligida bilim va koʻnikma oshirishiga yordam beriladi

    Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilgʻor muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi.

    Oʻtgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu oʻz samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shugʻullanyapti.

    Bu yil Qoraqalpogʻistonda, Andijon, Jizzax, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida boʻsh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million soʻm daromad olgan yoshlarga ham ushbu tartib asosida bu yerlardan beriladi.

    Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xoʻjaligida bilim va koʻnikma oshirishiga yordam beriladi.

    Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi.