Avvalroq 63 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi. Jurnalistlarning so'zlariga ko'ra, qurbonlar orasida yetti nafar voyaga yetmaganlar ham bor, ularning eng kichigi yaqinda bir yoshga to'lgan. Qayd etilishicha, bir necha kishi yong'indan qochishga urinib, derazadan sakrab halok bo'lgan.

Mahalliy rasmiylarga ko'ra, hozirda yong'in o'chirilgan. Ayni paytda omon qolganlarni topish ishlari olib borilmoqda. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, binoda norasmiy ravishda 200 ga yaqin boshpanasiz odam yashagan, deb xabar beradi mir24.tv.