Mamlakatda chorshanba kunidan buyon sovuq havo hukmronlik qilmoqda. Oʻsha kuni Kampu-Grandi va Florianopolis shaharlarida rekord soquv qayd etildi. Santa-Katarina shtatining 10 dan ziyod shaharlarida qor yogʻdi. Riu-Grandi-du-Sul shtatining 30dan ziyod shaharlarida ham qor yogʻib, havo harorati 0 darajadan pastga tushdi.

Chorshanba kuni eng soquv havo harorati mamlakatning San-Joakim shahrida kuzatildi. Bu yerda minus 7,8 daraja havo harorati qayd etildi.

Yaqin kunlarda Portu-Alegri, Florianopolise, Kuritibe, San-Paulu hamda Kampu-Grandi shaharlarida minus 5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.