YPX xodimi fuqarodan pul talab qilgani bo'yicha tekshiruvlar olib borilyapti

    Shuningdek, YHXX tomonidan xodimlar o'rtasida qonunchilikka amal qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qat'iy choralar ko'rib borilmoqda.

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan postida YPX xodimi va fuqaro o'rtasidagi suhbat. Ushbu suhbatda YHXB xodimi fuqarodan 600 ming so'm talab qilayotganini eshitishingiz mumkin” izohi bilan video tarqaldi. Ushbu holat bo'yicha rasmiy munosabat berildi.

    Ma'lum bo'lishicha, fuqaro M. prokuratura organlariga murojaat etib, Pop tumani hududidagi “Qamchiq” dovonida joylashgan “Namangan” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi unga nisbatan qonun buzilish holati sodir etganligini ma'lum qilib, qonuniy chora ko'rilishini so'ragan.

    Prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. YHXXga xizmat tekshiruvi o'tkazish bo'yicha taqdimnoma kiritilgan. Xizmat tekshiruvining yakuniy natijasi bo'yicha prokuratura organlari tomonidan huquqiy baho beriladi.

    Shuningdek, YHXX tomonidan xodimlar o'rtasida qonunchilikka amal qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qat'iy choralar ko'rib borilmoqda.