YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi

    Mamlakatimizda 26 Yanvar 2021 1350

    2021-yilda DYHXX sohasida amalga oshirilishi koʻzlangan istiqbolli rejalar eʼlon qilindi.

    Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

    — bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham boʻlgan, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan taʼminlash;

    — YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish. Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yoʻlga qoʻyish.